Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy laboratoriyalari haqida ma’lumot.
Mazkur markazda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-255-sonli qarori asosida zamonaviy ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi shakllantirilgan.
Markaz tarkibida quyidagi ilmiy laboratoriyalar faoliyat yuritadi:
Yuqori nafas yo‘llari a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi
Eshitish va muvozanat a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi
Foniatriya va ronxopatiya
Laboratoriyalar yuqori nafas yo‘llari, eshitish tizimi hamda ovoz apparati kasalliklarining etiopatogenezi, klinik kechishi va zamonaviy diagnostika hamda davolash usullarini ilmiy asosda o‘rganishga ixtisoslashgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari amaliyotga joriy etilib, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifati oshirilmoqda.
Barcha ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy bazasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Yuqori nafas yo‘llari a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi
Faoliyati va imkoniyatlari: RIO va BBKIATM bazasida faoliyat yurituvchi ushbu ilmiy laboratoriya yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining klinik-patogenetik mexanizmlarini o‘rganish, zamonaviy diagnostika va davolash taktikalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashgan ilmiy-amaliy bo‘linma hisoblanadi.
Laboratoriyada burun bo‘shlig‘i, burun yondosh bo‘shliqlari, halqum va hiqildoq kasalliklarining fiziologik va patologik holatlari chuqur tahlil qilinadi. O‘tkir va surunkali yallig‘lanish jarayonlari, funksional buzilishlar hamda asoratlarning shakllanish mexanizmlari ilmiy asosda o‘rganiladi.
Laboratoriya imkoniyatlari: endoskopik (rinoskopiya, faringoskopiya, laringoskopiya), funksional va laborator tekshiruv usullarini qo‘llash, bemorlarni dinamik kuzatish hamda davolash samaradorligini baholashni o‘z ichiga oladi.
Laboratoriya RIO va BBKIATM klinik bo‘limlari bilan uzviy hamkorlikda faoliyat yuritadi va ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish uchun mustahkam klinik baza vazifasini bajaradi.
Xodimlar
| Foto |
F.I.Sh. |
Lavozimi |
|
Agzamova Gulchehra Saidkarimovna |
Laboratoriya mudiri |
|
Qurbonmurodova Feruza Ravshan qizi |
Laborant |
|
Qarshiboyev Jamshid Bahodir o‘g‘li |
Laborant |
|
Umrzoqov Shoxrux Kamoliddin o‘g‘li |
Laborant |
Bajarilgan ishlar
2024-2025 yillarda laboratoriya tomonidan yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining etiopatogenezi, klinik kechishi va davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlar olib borildi.
Hisobot davrida 2 ta dolzarb grant loyihasi ishlab chiqildi:
— Surunkali rinosinusitlarning proliferativ turlarida molekulyar-genetik omillarning etiopatogenetik roli;
— Tanglay murtaklarining surunkali kasalliklarida molekulyar-genetik omillarning ahamiyati.
Yutuqlar: zamonaviy diagnostika usullari joriy etildi, ilmiy maqolalar chop etildi va ilmiy natijalar amaliyotga tatbiq qilindi.
Eshitish va muvozanat a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi
Eshitish va muvozanat a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi ilmiy laboratoriyasi eshitish analizatori va vestibulyar tizimning fiziologik hamda patologik holatlarini o‘rganish, tashxislash va davolashga ixtisoslashgan zamonaviy ilmiy-amaliy bo‘linma hisoblanadi.
Laboratoriya faoliyati bolalar va kattalarda uchraydigan eshitish pasayishi, tinnitus (quloqda shovqin), bosh aylanishi va muvozanat buzilishlari bilan bog‘liq kasalliklarni kompleks hal etishga qaratilgan.
Laboratoriyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
Eshitish a’zolari fiziologiyasi va patologiyasini (o‘tkir va surunkali sensorinevral, konduktiv va aralash eshitish zaifligi) ilmiy asosda o‘rganish.
Vestibulyar tizim kasalliklari (bosh aylanishi, muvozanat buzilishi, vestibulopatiyalar) sabablarini aniqlash.
Eshitish va muvozanat funksiyalarini funksional va instrumental baholash.
Eshitish va vestibulyar kasalliklarning klinik kechishi, asoratlari va hayot sifatiga ta’sirini tahlil qilish.
Zamonaviy konservativ, reabilitatsion va invaziv davolash usullarini amaliyotga joriy etish.
Ilmiy-amaliy imkoniyatlari:
Laboratoriyada eshitish va muvozanat funksiyalarini baholashga qaratilgan zamonaviy audiologik va vestibulologik diagnostik usullar qo‘llaniladi. Tonal va nutqiy audiometriya, impedansometriya, otoakustik emissiya, KSVP, vestibulometriya (VNG tekshiruvi, vHIT) orqali bemorlarni chuqur tekshirish imkoniyati mavjud.
Davolash samaradorligini dinamik kuzatish va reabilitatsiya natijalarini baholash amalga oshiriladi.
Ilmiy va ta’limiy faoliyat:
Laboratoriya bazasida ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiya ishlari va mustaqil izlanishlar olib boriladi. Shuningdek, otorinolaringologlar, audiologlar, vestibulologlar, nevrologlar va boshqa mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari, seminarlar va master-klasslar tashkil etiladi.
Mazkur laboratoriya eshitish va muvozanat buzilishlarini erta aniqlash, samarali davolash va reabilitatsiya qilish orqali aholi salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Xodimlar
| Foto |
F.I.Sh. |
Lavozimi |
|
Karimova Nargiza Abdullayevna |
Laboratoriya mudiri |
|
Sattorova Madina G‘ulomjonovna |
Laborant |
|
Yakubova Diyora Oybek qizi |
Laborant |
Bajarilgan ishlar
Hisobot davrida laboratoriyada 2 nafar mustaqil tadqiqotchi tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
1 ta ilmiy yig‘ilish, 1 ta xalqaro konferensiya va 4 ta ilmiy-amaliy master-klass tashkil etildi.
4 ta malaka oshirish kursi o‘tkazildi.
3 marotaba 'Munisib qarilik' aksiyasi doirasida bepul ko‘riklar tashkil etildi.
Postlingval karlikka uchragan 15 nafar bemorga koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi.
1 ta grant loyihasi ishlab chiqilmoqda:
“Munisib keksalik: Mobil Vertigo Laboratory asosida koxleovestibulyar skrining”.
4 ta ilmiy maqola va 4 ta ilmiy tezis chop etildi.
Foniatriya va ronxopatiya
Foniatriya va ronxopatiya ilmiy laboratoriyasi ovoz apparati hamda yuqori nafas yo‘llarining funksional buzilishlarini o‘rganish, tashxislash va davolashga ixtisoslashgan zamonaviy ilmiy-amaliy bo‘linma hisoblanadi. Laboratoriya faoliyati ovoz bilan bog‘liq kasb egalari, bolalar va kattalarda uchraydigan foniatrik kasalliklar hamda ronxopatiya (xo‘rrak, uyqu apnoesi) muammolarini kompleks hal etishga qaratilgan.
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari: ovoz apparati kasalliklarini ilmiy asosda o‘rganish, bolalar va kattalarda ronxopatiya hamda obstruktiv uyqu apnoe sindromi sabablarini aniqlash, ovoz hosil bo‘lish mexanizmini funksional baholash, klinik kechish va asoratlarni tahlil qilish hamda zamonaviy konservativ va jarrohlik davolash usullarini amaliyotga joriy etish.
Laboratoriyada zamonaviy endoskopik tekshiruvlar, funksional tahlillar va diagnostik usullar qo‘llaniladi. Ovoz apparati holatini dinamik kuzatish hamda davolash natijalarini baholash imkoniyati mavjud.
Ilmiy faoliyat doirasida dissertatsiyalar, mustaqil tadqiqotlar va grant loyihalari olib boriladi. Shuningdek, shifokorlar uchun malaka oshirish kurslari va seminarlar tashkil etiladi.
Xodimlar
| Foto |
F.I.Sh. |
Lavozimi |
|
Matmuratov Zuxrob Sobirjonovich |
Laboratoriya mudiri |
|
Makhmudov Akmal Rovshan o‘g‘li |
Laborant |
Bajarilgan ishlar
2024–2025 yillarda laboratoriya ilmiy, klinik va tashkiliy yo‘nalishlarda faoliyat olib bordi.
2 nafar DSc va 4 nafar PhD tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 1 ta grant loyihasi ishlab chiqildi.
6 ta ilmiy maqola, 2 ta tezis va 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etildi.
Laboratoriya ovoz va nafas buzilishlarini zamonaviy usullar bilan tashxislash hamda davolash bo‘yicha muhim natijalarga erishdi.