Hududlarda keng tarqalgan kasalliklar bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda
17.02.2026
Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan eng ko‘p tarqalgan kasalliklar bo‘yicha hududlarda seminarlar o‘tkazilmoqda.
Hududlarda keng tarqalgan kasalliklar bo‘yicha mutaxassislarga ma’lumot yetkazish, ularning bilim va malakasini oshirish maqsadida klinik protokollar, dolzarb muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tashkil etildi.
Jumladan, Markaz ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, t.f.d., dotsent Voxidov Ulug‘bek Nuridinovich tomonidan 2026 yil 16–17 fevral kunlari Samarqand va Buxoro viloyatlari mutaxassislari uchun “Allergik rinit” mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha fikr almashishdi hamda malaka oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va aholiga yuqori texnologiyali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.