O‘tkir o‘rta otit: sabablari, belgilari va davolash usullari
01.03.2026
☄️ O‘tkir o‘rta otit – bu o‘rta quloq bo‘shlig‘ining infeksion o‘tkir yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, u nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq pardasining yallig‘lanishi hamda o‘rta quloqning barcha qismlarini qisman yoki to‘liq qamrab oladi.
U bolalar va kattalarda keng tarqalgan. Kasallik mahalliy immunitetning susayishi, shamollash, bakteriya, virus yoki zamburug‘larning quloq bo‘shlig‘iga kirishi natijasida yuzaga keladi. Belgilari: quloq og‘rig‘i, isitma, eshitish pasayishi va quloqdan suyuqlik ajralishi.
📎 Sabablari:
• Yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari (gripp, O‘RVI)
• Burun-halqum yallig‘lanishlari (tonzillit, faringit, adenoid)
• Immunitetning pasayishi
• Quloqqa suv kirishi
• Allergik reaksiyalar
💡 Asosiy simptomlari:
• Quloq og‘rig‘i
• 38–39°C gacha isitma
• Quloqdan yiring chiqishi
• Eshitish pasayishi
• Bosh og‘rig‘i va umumiy holsizlik
🔎 Tashxis usullari:
• Otoskopiya
• Audiometriya
• Timpanometriya
• Bakteriologik tekshiruv
🖥 Davolash:
• Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi dori vositalari
• Shifokor tavsiyasiga ko‘ra kompresslar
• Fizioterapiya (magnitoterapiya, elektroforez, ultratovush)
• Zarurat bo‘lsa jarrohlik muolajasi (paratsentez)
☀️ Profilaktika:
Shamollashning oldini olish, immunitetni mustahkamlash, burun yo‘llarini toza saqlash, suvda cho‘milganda quloqlarni himoya qilish muhim.
Xulosa: O‘tkir o‘rta otit erta aniqlansa va to‘g‘ri davolansa, to‘liq sog‘ayish mumkin.