Department for advanced clinical training of medical specialists
Uslubchi
Uslubchi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-avgustdagi PQ-255-son qarori 1-ilovasi “2023 — 2026 yillarda otorinolaringologiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha” Chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “Otorinolaringologiya” va “Yuz-jag‘ jarrohligi” ixtisosligi bo‘yicha klinik ordinatura tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 17 iyuldagi №238-sonli buyrug‘i va 2024 yil 31 iyuldagi 01-28/17133-sonli ko‘rsatma xati ijrosi asosida jami 14 nafar klinik ordinator qabul qilindi.
Hozirgi kunga kelib, Markazda maqsadli ravishda 11 nafar otorinolaringologiya, 3 nafar yuz-jag‘ jarrohligi yo‘nalishida klinik ordinatorlar o‘qimoqda. Klinik ordinatorlar uchun tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida ma’ruzalar, seminarlar va mustaqil ta’lim tashkil qilingan. Klinik ordinatorlar shug‘ullanishi uchun Markazda kutubxona tashkil qilingan bo‘lib, otorinolaringologiya va yuz-jag‘ jaroohligi bo‘yicha fan dasturiga mos ravishda adabiyotlar bilan ta’minlangan. Markaz zamonaviy LOR kombayn, endoskopik qurilmalar, mikroskop va boshqa kerakli jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, barcha amaliy ko‘nikmalarni bajarish uchun barcha sharoit mavjud.
Klinik ordinatorlar uchun qo‘shimcha ravishda Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Ustozlar maktabi” tashkil qilingan bo‘lib, unda Respublikamizni va xorijni tibbiyotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan faxrli ustozlar ishtirokida doimiy ravishda anjumanlar tashkil qilinmoqda. Jumladan, 2024 yil noyabr va dekabr oylarida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professori, t.f.d., O‘zR Sog‘liqni saqlash a’lochisi, otorinolaringologiya sohasida bir necha darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi Xasanov Saidakrom Askarovich va ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi onkolog-shifokori, t.f.d., professor Xabibullaev Sharaf Zuxurovichlar tomonidan Markazda faoliyat yuritayotgan klinik ordinatorlar, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari magistr va ordinatorlari uchun ma’ruza va davra suhbatlari o‘tkazildi.
| ID | F.I.O |
|---|---|
| ORD-001 | Maxmudov Abduraxmon |
| ORD-002 | Mirzazoda Humoyun |
| ORD-003 | Xasanov Saidyaxyo |
| ORD-004 | Rasulov Xamidullo |
| ORD-005 | Zoxidov Farrux |
| ORD-006 | Matqoziev Bobur |
| ORD-007 | Boxodirov Jasurbek |
| ORD-008 | Matsapaev Rovshan |
| ORD-009 | Abdimurodov Toxirjon |
| ORD-010 | Tojimurodov Adxamjon |
| ORD-011 | Turdialiev Usmonjon |
| ORD-012 | Bekmatov Bunyodbek |
| ORD-013 | Daminov Faxridin |
| ORD-014 | Jamoliddinova Oqila |
| ORD-015 | Komilov Muxammadziyo |
| ORD-016 | Oltibaev Ulug’bek |
| ORD-017 | Raupov Sanjar |
| ORD-018 | Raximov To’lqin |
| ORD-019 | Raximov Shaxrux |
| ORD-020 | Qadamova Shaydo |
| ORD-021 | Sharipov Alisher |
| ORD-022 | Yuldashev Doniyor |
| ORD-023 | Musaev Begzod |
| ORD-024 | Xusniddinov Qudrat |
| ORD-025 | Xasanova Umida |
| ORD-026 | Mavlonova Xumora |
| ORD-027 | Abdullaxonov Abbos |
| ORD-028 | Saidov Diyor |
| ORD-029 | Xegay Arina |
Dars jarayoni 1
Dars jarayoni 2
Dars jarayoni 3
Dars jarayoni 3
Dars jarayoni 3
Dars jarayoni 3
Dars jarayoni 3