Quloq eshitish tizimi kasalliklarini zamonaviy mikrojarrohlik usullari yordamida tashxislash va davolash.
Quloq mikrojarrohlik bo‘limi eshitish a’zolari va o‘rta quloq kasalliklarini zamonaviy mikrojarrohlik usullari asosida davolashga ixtisoslashgan.
Bo‘limda yuqori aniqlikdagi operatsion mikroskoplar, endoskopik tizimlar va zamonaviy jarrohlik uskunalari mavjud.
Bo‘limda timpanoplastika, ossikuloplastika, stapedoplastika va boshqa murakkab quloq mikrojarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajariladi.
Zamonaviy mikrojarrohlik usullari orqali eshitish va quloq kasalliklarini davolash
Quloq pardasini mikrojarrohlik usulida tiklash.
Otosklerozda eshitishni tiklash operatsiyasi.
O‘rta quloq yallig‘lanish asoratlarini bartaraf etish.
Og‘ir darajadagi eshitish yo‘qotilishida implant o‘rnatish.
Endoskopik usulda quloq poliplarini olib tashlash.
Zamonaviy audiologik tekshiruv va monitoring.
Minimal invaziv mikrojarrohlik operatsiyalari.