Quloq, burun va tomoq kasalliklarini zamonaviy tashxislash, davolash va jarrohlik amaliyotlari.
Bo‘lim 21 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda quloq, burun va tomoq kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga zamonaviy diagnostika, davolash hamda reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi.
Bo‘limda o‘tkir va surunkali tonzillit, faringit, laringit, rinit, sinusit, otit, eshitish pasayishi, quloqdagi shovqin, burun to‘sig‘i qiyshayishi, burun poliplari, adenoidlar, ovoz paychalari kasalliklari, allergik LOR kasalliklari va boshqa patologiyalar davolanadi.
LOR yo‘nalishidagi operatsiyalardan oldingi va keyingi davrda davolash, kuzatuv hamda reabilitatsiya ishlari tajribali mutaxassislar tomonidan zamonaviy standartlar asosida olib boriladi.
LOR bo‘limida ko‘rsatiladigan asosiy tibbiy xizmatlar
Otit, eshitish pasayishi va quloq shang'illashini davolash.
Rinit, sinusit va burun bitishini davolash.
Tonzillit, faringit va laringitni kompleks davolash.
Burun, tomoq va hiqildoqni zamonaviy usulda tekshirish.
Septoplastika, polipotomiya, adenotomiya va tonzillektomiya.
Eshitish qobiliyatini baholash va reabilitatsiya qilish.
Allergik rinit va boshqa allergik kasalliklarni davolash.
Malakali mutaxassislar nazoratida individual davolash va reabilitatsiya.
LOR bo‘limidagi zamonaviy xonalar va davolash jarayonlaridan lavhalar.
Ko‘p yillik tajribaga ega LOR shifokorlari tomonidan tashxis va davolash.
Endoskopik tekshiruv va zamonaviy diagnostika uskunalari.
Operatsiyadan oldingi va keyingi kuzatuv hamda reabilitatsiya.