LOR

Quloq mikrojarrohligi bo‘limi

Quloq kasalliklarini zamonaviy mikrojarrohlik usullari bilan tashxislash, davolash va eshitish qobiliyatini tiklash.

Botirov Shamsiddin Rashidovich
Otorinolaringolog, TFN, oliy toifali shifokor — Quloq mikrojarrohlik bo‘limi mudiri

Botirov Shamsiddin Rashidovich

Quloq mikrojarrohlik bo‘limi eshitish a’zolari va o‘rta quloq kasalliklarini zamonaviy mikrojarrohlik usullari asosida davolashga ixtisoslashgan.

Bo‘limda yuqori aniqlikdagi operatsion mikroskoplar, endoskopik tizimlar va zamonaviy jarrohlik uskunalari mavjud.

Bo‘limda timpanoplastika, ossikuloplastika, stapedoplastika va boshqa murakkab quloq mikrojarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajariladi.

21 o‘rinli statsionar
LOR kasalliklari
Malakali mutaxassislar

Bo‘lim xizmatlari

Quloq mikrojarrohligi bo‘limida amalga oshiriladigan zamonaviy diagnostika, mikrojarrohlik va reabilitatsiya xizmatlari

Timpanoplastika

Stapedoplastika

Mastoid operatsiyasi

Koxlear implantatsiya

Quloq poliplarini olib tashlash

Eshitish nervi tekshiruvi

Endoskopik quloq jarrohligi

Malakali mutaxassislar

Ko‘p yillik tajribaga ega LOR shifokorlari tomonidan tashxis va davolash.

Zamonaviy diagnostika

Endoskopik tekshiruv va zamonaviy diagnostika uskunalari.

Kompleks davolash

Operatsiyadan oldingi va keyingi kuzatuv hamda reabilitatsiya.