2026/2027 oʻquv yili uchun rasmiy qabul jarayoni davom etmoqda!
Rasmiy Portal

Respublika Otorinolaringologiya va Bosh-boʻyin Kasalliklari IATM

Qabul Yakunlanish Grafigi

Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 20-avgust, 23:59

Klinik ordinatura va doktorantura mutaxassisliklariga hujjatlar faqat elektron shaklda Sog'liqni saqlash vazirligining rasmiy portalizatsiya tizimi medtoifa.ssv.uz orqali qabul qilinadi.

Hujjatlar yopilishiga qoldi:

00 Kun
00 Soat
00 Daqiqa
00 Soniya

Arizangizni hoziroq yuboring

Tizim orqali ro'yxatdan o'tib, kerakli diplom va hujjatlaringizni PDF holatda yuklang.

MEDTOIFA.SSV.UZ
Video Yo'riqnoma

Ordinatura bo'yicha ma'lumot

Qabul Portali Video Qo'llanmasi

Videoni ko'rish uchun pleyerni bosing (1080p Full HD)

Klinik Ordinatura va Bakalavriat Mosligi

Otorinolaringologiya mutaxassisligiga mos keluvchi bakalavriat yo'nalishlari

T/r Klinik ordinatura mutaxassisligi Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari shifri va nomi
1 Otorinolaringologiya
5510100 Davolash ishi
5111000 Professional taʼlim (Davolash ishi)
5510200 Pediatriya ishi

Talab qilinadigan hujjatlar

Barcha hujjatlar elektron PDF formatda yuklanadi

1

Diplom va uning ilovasi

Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston OTMlarini davlat granti boʻyicha tugatganlar uchun) hamda uning ilovasi.

2

Nostrifikatsiya Hujjati

Xorijiy davlatlarda OTMni tugatgan fuqarolar uchun belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinganligi to'g'risidagi guvohnoma.

3

Imtiyoz beruvchi hujjat

Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlaganlik toʻgʻrisida hududiy SSB tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma (mavjud bo'lsa).

Muhim Eslatma

Hujjatlarni ko'rib chiqish va javob berish tartibi

Hujjatlar qabul komissiyasi masʼul kotiblari tomonidan 1 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi va medtoifa tizimi orqali talabgorga asoslantirilgan xabarnoma (qabul qilindi yoki kamchiliklar ko'rsatilgan holda) yuboriladi.

Hududlar boʻyicha maqsadli qabul kvotalari

Respublika hududlari kesimida ajratilgan o'rinlar

Jami: 19 ta
T/r Mutaxassislik Jami Andijon Fargʻona Samarqand Surxondaryo Sirdaryo Namangan Navoiy Xorazm Qoraqalpogʻiston Jizzax Qashqadaryo Buxoro Toshkent v. Toshkent sh.
1 Otorinolaringologiya 19 1 1 1 2 1 1 1 1 2 1 4 1 1 1

Test sinovlari fanlar majmuasi

Bakalavriat yo'nalishlariga mos imtihon strukturasi

“Davolash ishi” va “Professional ta’lim” 50 savol / 55.0 ball
Fan nomi Savollar Mezon Max Ball
Terapiya171.1 ball18.7
Xirurgiya171.1 ball18.7
Akusherlik va ginekologiya161.1 ball17.6
Jami: 50 savol — 55.0 ball (100%)
“Pediatriya ishi” yoʻnalishi 50 savol / 55.0 ball
Fan nomi Savollar Mezon Max Ball
Pediatriya171.1 ball18.7
Bolalar xirurgiyasi171.1 ball18.7
Terapiya161.1 ball17.6
Jami: 50 savol — 55.0 ball (100%)
Murojaatlar Markazi (Call-Markaz)

Savollaringiz bormi? Biz bilan bog'laning!

Qabul jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish yoki texnik muammolar bo'yicha ishonch telefoniga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Davri: 2026-yil 20-iyul – 10-sentabr
Vaqti: Dushanba - Shanba (09:00 – 18:00)