KLINIK ORDINATURA

Respublika ixtisoslashtirilgan Otorinolaringologiya markazida yuqori malakali mutaxassis shifokorlarni tayyorlash tizimi.

Klinik ordinatura haqida

Klinik ordinatura haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-avgustdagi PQ-255-son qarori 1-ilovasi “2023 — 2026 yillarda otorinolaringologiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha” Chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “Otorinolaringologiya” va “Yuz-jag‘ jarrohligi” ixtisosligi bo‘yicha klinik ordinatura tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 17 iyuldagi №238-sonli buyrug‘i va 2024 yil 31 iyuldagi 01-28/17133-sonli ko‘rsatma xati ijrosi asosida jami 14 nafar klinik ordinator qabul qilindi.

Hozirgi kunga kelib, Markazda maqsadli ravishda 11 nafar otorinolaringologiya, 3 nafar yuz-jag‘ jarrohligi yo‘nalishida klinik ordinatorlar o‘qimoqda.
Klinik ordinatorlar uchun tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida ma’ruzalar, seminarlar va mustaqil ta’lim tashkil qilingan. Klinik ordinatorlar shug‘ullanishi uchun Markazda kutubxona tashkil qilingan bo‘lib, otorinolaringologiya va yuz-jag‘ jaroohligi bo‘yicha fan dasturiga mos ravishda adabiyotlar bilan ta’minlangan. Markaz zamonaviy LOR kombayn, endoskopik qurilmalar, mikroskop va boshqa kerakli jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, barcha amaliy ko‘nikmalarni bajarish uchun barcha sharoit mavjud.

Klinik ordinatorlar uchun qo‘shimcha ravishda Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Ustozlar maktabi” tashkil qilingan bo‘lib, unda Respublikamizni va xorijni tibbiyotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan faxrli ustozlar ishtirokida doimiy ravishda anjumanlar tashkil qilinmoqda. Jumladan, 2024 yil noyabr va dekabr oylarida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professori, t.f.d., O‘zR Sog‘liqni saqlash a’lochisi, otorinolaringologiya sohasida bir necha darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi Xasanov Saidakrom Askarovich va ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi onkolog-shifokori, t.f.d., professor Xabibullaev Sharaf Zuxurovichlar tomonidan Markazda faoliyat yuritayotgan klinik ordinatorlar, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari magistr va ordinatorlari uchun ma’ruza va davra suhbatlari o‘tkazildi.

11+

Mutaxassislik

100%

Amaliyot

24/7

Klinika

Mas'ul uslubchilar

Klinik ordinatura faoliyatini boshqaruvchi mutaxassislar

Yusupova Sevara Rishatovna

Yusupova Sevara Rishatovna

Uslubchi
To'xtayev Murod Bakidjanovich

To'xtayev Murod Bakidjanovich

Uslubchi

Dars jarayonlari

Nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan lavhalar

Dars jarayoni 1

Dars jarayoni 1

Dars jarayoni 2

Dars jarayoni 2

Dars jarayoni 3

Dars jarayoni 3

Dars jarayoni 3

Dars jarayoni 3

Dars jarayoni 3

Dars jarayoni 3

Dars jarayoni 3

Dars jarayoni 3

Dars jarayoni 3

Dars jarayoni 3

Klinik ordinatorlar

Hozirgi kunda tahsil olayotgan ordinatorlar

Kodi F.I.Sh.
1 ORD-001 Maxmudov Abduraxmon
2 ORD-002 Mirzazoda Humoyun
3 ORD-003 Xasanov Saidyaxyo
4 ORD-004 Rasulov Xamidullo
5 ORD-005 Zoxidov Farrux
6 ORD-006 Matqoziev Bobur
7 ORD-007 Boxodirov Jasurbek
8 ORD-008 Matsapaev Rovshan
9 ORD-009 Abdimurodov Toxirjon
10 ORD-010 Tojimurodov Adxamjon
11 ORD-011 Turdialiev Usmonjon
12 ORD-012 Bekmatov Bunyodbek
13 ORD-013 Daminov Faxridin
14 ORD-014 Jamoliddinova Oqila
15 ORD-015 Komilov Muxammadziyo
16 ORD-016 Oltibaev Ulug’bek
17 ORD-017 Raupov Sanjar
18 ORD-018 Raximov To’lqin
19 ORD-019 Raximov Shaxrux
20 ORD-020 Qadamova Shaydo
21 ORD-021 Sharipov Alisher
22 ORD-022 Yuldashev Doniyor
23 ORD-023 Musaev Begzod
24 ORD-024 Xusniddinov Qudrat
25 ORD-025 Xasanova Umida
26 ORD-026 Mavlonova Xumora
27 ORD-027 Abdullaxonov Abbos
28 ORD-028 Saidov Diyor
29 ORD-029 Xegay Arina