Ilmiy salohiyatni rivojlantirish va yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2019-yil 19-iyuldagi 606-sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining 2024-yil 14-fevraldagi 01-03/329-sonli ko‘rsatma xatiga asosan, Bolalar milliy tibbiyot markazida tegishli ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti ochilganligini inobatga olgan holda, Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin ilmiy-amaliy markaziga (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tayanch doktoranturaga qabul jarayonini tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mazkur qaror va ko‘rsatmalar asosida Markazda ilmiy salohiyatni oshirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, sohada innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
Bo‘limda mustaqil tadqiqot olib borish, ilmiy maqolalar chop etish hamda xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Ilmiy rahbarlar tajribali professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, doktorantlarning ilmiy faoliyatini tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.
Doktorantura faoliyatini boshqaruvchi mutaxassislar
Doktorantlar ishtirokidagi ilmiy faoliyat
Markazda tahsil olayotgan doktorantlar
| № | Kodi | F.I.Sh. |
|---|---|---|
| 1 | DSc-001 | Ismoilov Mansurbek |
| 2 | DSc-002 | Jurakulov Suxrob |
| 3 | DSc-003 | Husniddinov Ravshanbek |
| 4 | DSc-004 | Abdurahimova Shahnoza |
| 5 | DSc-005 | Rahimov Jahongir |
| 6 | DSc-006 | Urinov Tuychibek |
| 7 | DSc-007 | Xujabekov Muzaffar |
| 8 | DSc-008 | Usmonxonov Fozilxon |
| 9 | DSc-009 | Allaerov Sardorbek |
| 10 | PhD-010 | Matmurodov Zuhrob |
| 11 | PhD-011 | Shernazarov Otomurod |
| 12 | PhD-012 | Karshiboev Jamshid |